"Barselona" futbolchisida koronavirus aniqlandi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Mateus Fernandesning koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli braziliyalik futbolchi hozirda karantinga olingan.
Fernandes “Barselona” safiga joriy yilning yanvarida 7 mln evro evaziga “Palmeyras”dan ko‘chib o‘tgan edi. Shundan so‘ng kataloniyaliklar esa uni darhol "Valyadolid"ga ijaraga berib yuborishdi.

Fikrlar