"Barselona"ga APLning top vingeri kelishi kutilyapti
Hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun "Barselona" bor e’tiborini "Liverpul" va Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Luis Diasga qaratmoqchi.
Futbolchi "qizillar" safida o‘z maqomini yo‘qotdi. "Ko‘k-anorranglilar" undan foydalanmoqchi.
"Ko‘k-anorranglilar"ning sport direktori Deko allaqachon Diasning atrofidagilar bilan muzokaralar olib borgan. "Barselona" kolumbiyalik futbolchini 2025 yilning yozida sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olishga harakat qiladi.
Bundan tashqari, o‘yinchilarni almashtirish imkoniyati ham mavjud. Bosh murabbiy Xavi ham Diasning jamoaga kelishiga rozi bo‘lgan.
Fikrlar