“Barselona”ga berilgan avtobus yonib ketdi. Klub bayonot berdi

  • 6 noyabr, 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich to‘rtinchi turida “Barselona” Belgiyada “Bryugge” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va 3:3 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

Tecno

Biroq “Barselona” muxlislariga stadionga borishlari uchun berilgan avtobus o‘yin oldidan yonib ketgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Kataloniya superklubi bu voqeaga rasmiy munosabat bildirdi.

- Klub o‘yindan oldin faerlar bilan bog‘liq muammo kelib chiqqani bois Bryugge shahridagi “Yan Breydel” stadioniga kelgan muxlislar uchun  “Bryugge” klubi tomonidan stadiondan qaytish uchun ajratilgan bepul avtobus bekor qilinganini bildiradi. Muxlislar o‘z manzillariga o‘zlari etib olishlariga to‘g‘ri keladi, - deyiladi “Barselona” matbuot xizmati bayonotida.

Gap shundaki, mehmon jamoa fanatlari uchun ajratilgan avtobus uchrashuvga ketayotgan paytda yonib ketgan. Yong‘in avtobus ichida faer yoqilishini oqibatida kelib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!