“Barselona”ga kelgan pleymeyker koronavirusdan aziyat chekmoqda
“Yuventus”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Miralem Pyanich koronavirusga chalindi. Futbolchi bu kasallik bilan qanday kurashayotganini aytib berdi.
- Mendan xavotir olayotganlarga, o‘zimni yaxshi his qilayotganimni aytib qo‘ymoqchiman. Menda simptomlar bilinmayapti. Bu kunlar bizga dars bo‘lyapti. Qoidalarga amal qilaylik va xotirjamlikni ta’minlaylik. Tez orada ko‘rishguncha, - deb yozadi Pyanich o‘z ijtimoiy sahifasida.
30 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va sakkizta golli uzatma muallifi sifatida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar