"Barselona"ga "Latsio" himoyachisi kerak

  • 15.03.2020 23:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning "Latsio" klubi himoyachisi Luis Felipe "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyalik skautlar 22 yoshli braziliyalik futbolchini bir necha o‘yindan buyon diqqat bilan kuzatib kelishmoqda.

Felipening “Latsio” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Biroq, rimliklar uni tarkibda saqlab qolishmoqchi va buning uchun u bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Ma’lumotlarga qaraganda Luis Felipening transferi 20 mln evroga baholanmoqda. U joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!