“Barselona”ni yana bir futbolchi tark etmoqda

  • 27 iyun, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” himoyachisi Xunior Firpo faoliyatini boshqa klubda davom ettiradigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi “Milan”ni tanlagan. Aslida milanliklar bu futbolchini ijaraga olishni istagan edi. Biroq, kataloniyaliklar ulardan Firponi to‘liq transfer qilishni so‘rayapti.

O‘tkazilgan muzokaralarda Firpo bir mavsum davomida ijarada o‘ynaganidan keyin “Milan” uni to‘liq transfer qilishiga kelishib olindi.

Transfermarkt portali “Barselona” bilan 2024 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan Firponi 8 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!