"Barselona"ning 17 yoshli himoyachisi qoyilmaqom ko‘rsatkich qayd etdi
Evropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan PSJ - "Barselona" bahsida kataloniyaliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi va javob bahsi oldidan o‘z imkoniyatalrini yaxshilab oldi.
E’tiborli tomoni shundaki, oxirgi paytlarda "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib borayotgan 17 yoshli Pau Kubarsi mazkur bellashuvda biror marotaba Parij klubi futbolchilariga driblingga yo‘l qo‘yib bermadi. Bundan tashqari, u 2023/2024 yilgi mavsumda hali EChL o‘yinlarida biror marotaba raqiblariga aldanmagan.
Qayd etish lozim, "Barselona" va PSJ jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 16 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar