"Barselona"ning 2 nafar futbolchisi terma jamoalari safida jarohat oldi

  • 9 sentabr, 2019, 09:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi terma jamoa ixtiyorida bo‘lib turgan 2 nafar futbolchisini ma’lum muddatga yo‘qotdi.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Serbiyaga (4:2)  qarshi o‘yinda tovonidan jarohat olgan. Biroq, o‘yindan keyin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar uning jarohati u qadar jiddiy emasligini ko‘rsatgan.

Bundan tashqari xuddi shu tashxis bilan frantsiyalik himoyachi Samuel Umtiti ham jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 15 sentyabr kuni “Valensiya”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!