"Barselona"ning Bastoni transferi uchun qancha pul ajratgani aniq bo‘ldi
"Barselona" "Inter" himoyachisi Alessandro Bastonini sotib olish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini belgiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi uchun 50 million evrodan ortiq mablag‘ to‘lashni rejalashtirmayapti. Biroq milanliklar o‘z futbolchisi uchun kamida 70 million evro talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Bastoni "Inter" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar