
"Barselona"ning bu futbolchisi Inestaning raqamida o‘ynashni xohlab qoldi
"Barselona"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Pedri Gonsales 8-raqam ostida o‘ynashni xohlayotganini aytdi.
Futbolchi o‘z veb-sayti uchun "pedrigonzalez8.es" domenini tanlagan va o‘z logotipining bir qismi sifatida sakkiz raqamdan ham foydalangan.
Hozirda Kataloniya klubida 8-raqamda Dani Alves o‘ynamoqda. 39 yoshli braziliyalik himoyachi allaqachon yosh iqtidor sohibiga joy berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Avvalroq bu raqam ostida "Barselona"da Andres Inesta va Xristo Stoichkov o‘ynagan.
Pedri joriy mavsum La Ligada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar