"Barselona"ning Ispaniya kubogidan chiqib ketishi qimmatga tushdi
"Barselona" ushbu mavsumda trebl qayd etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Xansi Flik jamoasi Ispaniya kubogi yarim finalida "Atletiko"ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar 0:4 hisobida yutqazgan bo‘lsa, javob o‘yinida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Xansi Flik shogirdlari kubok bilan xayrlashdi. Biroq jamoa hamon Chempionlar ligasi va La Ligada g‘olib chiqish imkoniyatini saqlab qolgan. Ispaniya Superkubogi esa allaqachon qo‘lga kiritilgan.
So‘nggi marta "Barselona" Chempionlar ligasi, chempionat va kubokni 2014/15 yildgi mavsumda yutib olgan edi.
Fikrlar