
"Barselona"ning muhim futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado tizza jarohati tufayli 2 oyga safdan chiqdi.
"Ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachisi "Atletiko"ga qarshi o‘yinning 67-daqiqasida Antuan Grizmann bilan to‘qnashib, jarohat oldi va almashtirildi.
21 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasining Millatlar Ligasi chorak finalida Niderlandiyaga qarshi o‘yin qaydnomasidan ham chiqarildi. Uning o‘rniga "Bayer"dan Aleish Garsiya chaqirildi.
- Asosiy tarkib futbolchisi Mark Kasado qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi va bu tekshiruv o‘ng tizza bo‘g‘imining tashqi yon boylami qisman yirtilganligini tasdiqladi.
Futbolchi konservativ davolanishni oladi, taxminiy tiklanish muddati ikki oyga yaqin vaqtni tashkil etadi, - deyiladi Kataloniya klubi bayonotida.
Fikrlar