"Barselona"ning qachon "Kamp Nou"ga qaytishi ma’lum bo‘ldi!
"Barselona" 7 noyabr kuni yangilangan "Kamp Nou" arenasida ochiq mashg‘ulot o‘tkazadi.
Ushbu tadbir orqali stadion tizimlarining tayyorligi, infratuzilma hamda kirish-chiqish jarayonlarini rasmiy o‘yinlar oldidan sinovdan o‘tkazish maqsad qilingan.
Ochiq mashg‘ulotni 23 ming muxlis tribunalarning asosiy va janubiy qismida tomosha qila oladi.
Avvalroq shahar hokimiyati "Barselona"ga 27 ming tomoshabin sig‘imi bilan "Kamp Nou"da o‘yin o‘tkazishga ruxsat bergandi. Biroq, klub keyingi bosqichni kutib turibdi — unda kamida 47 ming muxlisni qabul qilish imkoni yaratiladi.



Fikrlar