"Barselona"ning uch futbolchisi "Real"ga qarshi bahsdan avval xavf ostida turibdi

  • 02.05.2026 15:29
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ning uch nafar futbolchisi "El-klasiko" oldidan diskvalifikatsiya xavfi ostida turibdi.

Gap Rafinya, Frenki de Yong va Mark Bernal haqida ketmoqda. Ushbu uchlik bugungi "Osasuna"ga qarshi o'yinda sariq kartochka olsa, keyingi turda "Real Madrid"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

"Osasuna" – "Barselona" uchrashuvi bugun soat 00:00'da boshlanadi. Kataloniya klubining "Real"ga qarshi uy o'yini esa 10 may kuni shu vaqtda bo'lib o'tadi.

Ayni paytda Hans-Diter Flik jamoasi La Liga jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va chempionat yakunlanishiga besh tur qolgan bir paytda "Real Madrid"dan 11 ochkoga ilgarlab ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!