Bartomeuning kirdikorlari oshkor bo‘ladi

  • 27.01.2022 12:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Seshanba kuni "Barselona" klubi ommaga sobiq rahbariyat yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklarga oid tergov natijalarini e’lon qiladi. Xosep Mariya Bartomeu davridagi qonunbuzarliklar fosh etilish arafasida turibdi, deya xabar bermoqda "beiN SPORTS".

Ushbu tergov natijalari amaldagi prezident Joan Laporta tomonidan olib boriladi. Ertaga soat 11:00da shu masalaga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Xosep Bartomeu 2014-2020-yillar davomida katalon klubining rahbarlik lavozimida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!