"Bashakshehir" bosh murabbiyi: “Men futbolchilarim bilan faxrlanaman”

  • 25 noyabr, 03:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining 13-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Trabzonspor"ga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan keyin "Bashakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shaxin mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Bellashuvni ikki qismga bo‘lishimiz kerak. Biz juda yaxshi o‘yinni boshladik. Ammo bahs davomida 10 kishi bilan harakat qilishimizga to‘g‘ri keldi. ’Trabzonspor’ kabi raqibga bir kishi kam o‘ynab, 3 ta gol urish oson emas. Men futbolchilarim bilan faxrlanaman", — dedi Shaxin.

Shuningdek, u hakamlarni ham tanqid qildi:

"Hakamlar haqida ko‘p gapirmoqchi emasman. Mening e’tiborim har doim o‘yin sifatini oshirishga qaratilgan. Ammo bugungi hakamlar bilan ishlash juda qiyin. Ayrim xatolar sabab biz buning alamini tortyapmiz. Bu masala albatta ko‘rib chiqilishi kerak. Ligamizda yaxshi futbolchilar, yaxshi jamoalar, yaxshi klublar bor, lekin hakamlar darajasi haqida shunday deb ayta olmayman. Bu mening shaxsiy fikrim", — dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, ushbu klub safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov chempionat to‘purarlari ro‘yxatida 9 gol bilan peshqadam hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!