"Bashakshehir" gol ura olmagan o‘yinda Shomurodovning harakatlari qanday baholandi?
Turkiya Superligasining 28-turida "Istanbul Boshakshehir" safarda "Kozhaelispоr" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Mazkur bahsda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, 83-daqiqada zahiraga olindi.
Uchrashuvdan so‘ng bir qator statistik portallar futbolchining harakatlarini baholadi. Unga ko‘ra, "Fotmob" vakilimizni 6.9 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" 6.4 ball qo‘ydi. Shuningdek, "Flashscore" esa 6.6 ball bilan baholadi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik forvard joriy mavsumda chempionat doirasida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.
Fikrlar