"Bavariya" "Barsa"ning "og‘zidagi oshi"ni ilib ketishi mumkin

  • 30.05.2023 19:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Yannik Karrasko yozgi transfer oynasida Madridning “Atletiko” klubini tark etishga yaqin turibdi. "Todofichajes" nashrining yozishicha, belgiyalik yarim himoyachining xizmatlariga Myunxenning “Bavariya” klubi qiziqish bildirmoqda.

Nemis grandi Karrasko uchun “Barselona” bilan raqobatlashish niyatida. Oldinroq "ko‘k-anorranglilar" Yannikni 15 million evro evaziga transfer qilishga yaqin ekani xabar qilingandi.

29 yoshli futbolchi 2020 yilning sentyabridan buyon “matraschilar”da o‘ynamoqda. Shartnoma 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Yannik joriy mavsumda La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!