
"Bavariya" bu futbolchi bilan uzoq yillik shartnoma imzolash arafasida
Myunxenning “Bavariya” klubi germaniyalik futbolchi Serj Gnabri bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga qaraganda, yangi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Manbaga ko‘ra, tomonlar allaqachon muzokaralarning yakuniy bosqichida.
Oldinroq nemis grandi tez orada hujumkor yarim himoyachi Kingsli Koman bilan ham shartnomani uzaytirmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
Gnabri joriy mavsumda Bundesligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar