"Bavariya" Devis bilan muzokaralarni boshladi

  • 18.04.2023 12:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Myunxenning "Bavariya" klubi Alfonso Devis bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi. Bu haqda jurnalist Manuel Vet ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Insayderning xabariga ko‘ra,  yangi shartnoma kanadalik futbolchi uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Avvalroq OAVda Devisga "Manchester Yunayted" va "Real"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kanadalik futbolchi joriy mavsum myunxenliklar safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!