
"Bavariya" eng zo‘r vingerini MYuga qo‘yib yubormoqchi emas
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Komanga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida nemis matbuoti xabar bergan edi.
Biroq Sky nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "qizillar" rahbariyati 24 yoshli futbolchini transferga qo‘ymoqchi emas. Frantsiyalik yarim himoyachining "Bavariya" bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Koman nemis klubi safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar