
"Bavariya" Firminoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
"Media Foot" xabariga ko‘ra, "Bavariya" qishda Roberto Firminoni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu qisqa muddatli shartnoma ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
"Liverpul" braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishi dargumon. Firmino uchun o‘tgan mavsum muvaffaqiyatsiz kechdi. Joriy mavsumda u asosiy tarkib futbolchisiga aylangandi, ammo jarohatlar bezovta qilavergach, tarkibdan tushib qolyapti.
"Bavariya" Levandovski ketganidan keyin yangi markaziy hujumchi topishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, klub qishda turli ijara variantlarini ko‘rib chiqish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Firmino "Liverpul"dan oldin "Xoffenxaym"da ham muvaffaqiyatli o‘ynagan edi. Ya’ni unga Bundesliga begona emas.
Fikrlar