"Bavariya" futbolchisi "Chelsi"ning taklifini rad etdi
"Bavariya" futbolchisi Serj Gnabri "Chelsi"ga o‘tish variantini rad etdi. U London klubida o‘ynashni to‘g‘ri tanlov, deb hisoblamaydi.
Gnabri avval Londonning "Arsenal"ida to‘p tepgan. U bu klubga nisbatan hurmatsizlik qila olmasligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Serjning Myunxen klubi bilan kelishuvi kelasi yil yozida yakuniga etadi. Unga "Chelsi"dan tashqari "Barsleona" hamda "Real" jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar