"Bavariya" futbolchisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

  • 24 aprel, 2019, 18:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” 30 yoshli germaniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida myunxenliklar uni 30 mln evroga baholashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Boatengga PSJdan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Boateng joriy mavsum “Bavariya” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!