"Bavariya" futbolchisi mavsum Braziliya klubiga ko‘chib o‘tadi
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Rafinya mavsum yakunlangach o‘z vataniga qaytadi.
UOL nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli braziliyalik futbolchi “Flamengo” bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Ushbu kelishuv 2019 yilning 1 iyulidan boshlab kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Rafinyaning nemiya grandi bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yangi jamoasiga safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Rafinya “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida myunxenliklar bilan birga jami 15ta sovrin qo‘lga kiritdi. U joriy mavsum Bundesligada jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar