"Bavariya" futbolchisiga APLdan xaridor chiqdi
"Kristal Pelas" "Bavariya" himoyachisi Sasha Boening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning bergan ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Germaniya klubini tark etishni xohlamoqda. Bunga sabab frantsiyalik himoyachi mundial oldidan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istaydi.
Sashaning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi. Ayni vaqtda himoyachining transfer bozoridagi narxi 18 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Boe joriy mavsum Kompani qo‘l ostida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi va 2 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar