"Bavariya" Gnabriga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin
"Bavariya" futbolchisi Serj Gnabrining klub bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil yozda o‘z nihoyasiga etadi. Rahbariyat unga yangi shartnoma taklif qilish haqida o‘ylamoqda.
O‘tgan yozgi transferlar oynasida germaniyalik vinger boshqa klubga o‘tishi haqidagi mish-mishlar chiqdi, lekin u "Bavariya"da qoldi. Futbolchi "BILD" nashriga bergan intervyusida bu borada shunday dedi: "Men sotilishi kerak bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida emas edim, deb o‘ylayman. Menga hech kim "Narsalaring yig‘ishtir", - degani yo‘q".

Gnabri ushbu mavsumni ajoyib boshladi. Jamoa tarkibida 10 ta o‘yinda 3 ta gol va 4 ta assist. Jamal Musialaning jarohat olgani ayni paytda unga ko‘proq o‘yin amaliyoti bermoqda va bundan 30 yoshli futbolchi foydalana olyapti.
Serjga ikki yillik shartnoma taklif qilinishi mumkin, lekin uning maoshi katta ehtimol bilan pasaytriladi, chunki rahbariyat maoshlarni kamaytirish haqida o‘ylamoqda. Ma’lumot uchun, Gnabrii yiliga "Bavariya" 17-20 million evro oladi.
Fikrlar