"Bavariya" hamon Beylni qo‘lga kiritishdan umidvor
Myunxenning "Bavariya" klubi "Real" vingeri Garet Beylni qo‘lga kiritishdan hali ham umidini uzgani yo‘q.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar 30 yoshli uelslik futbolchi agar “qirollik klubi”dan butkul ketishini xohlamasa, nemis grandi uni ijaraga olishga ham tayyor. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Germaniyada yozgi transferlar oynasi 2 sentyabr kuni yopiladi.
Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Beylning agenti mijozining ijaraga ketishini inkor etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Beyl Xitoy klubiga o‘tishi mumkin edi. Biroq, yakunda uning transferi barbod bo‘ldi.

Fikrlar