"Bavariya" himoyachisi APLga ko‘chib o‘tmoqda

  • 25.07.2024 17:36
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Nussair Mazraui faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin turibdi. Ushbu transfer borasida tomonlar kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Florian Plettenberg. 

Ma’lum bo‘lishicha, Mazrau uchun "bolg‘achilar" 20 million evroga yaqin summa to‘lashi mumkin. Muzokaralar davom etmoqda. Klublar hali narx borasida to‘liq kelishib olmadi. 

Himoyachi uchun kurashda "Manchester Yunayted" ham bor edi. Ammo "Vest Xem" uni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!