“Bavariya” ikkita “bomba” transferga qo‘l uradi

  • 18.03.2025 20:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliganing eng qudratli klubi maqomini hech kimga bermay kelayotgan “Bavariya” o‘z tarkibini kuchaytirish siyosatini davom ettiradi. 

Myunxenliklar tarkibni yoshartirish borasida ish boshlagan. Birinchi navbatda, jamoa muvaffaqiyatlarini ta’minlaydigan yosh, tezkor va chaqqon yangi  qanot hujumchilar kerak. 

Asosiy nishonlardan biri — 20 yoshli ingliz qanot hujumchisi Jeymi Bayno-Gittens, hozirda “Borussiya Dortmund”da o‘ynaydi. 39 o‘yinda 11 gol urgan futbolchi Bundesligada yuqori darajada o‘ynay olishini ko‘rsatdi. Uning tezligi va hujumchi sifatidagi boshqa qobiliyatlari “Bavariya”ning qanotlarini kuchaytira oladi. 

Yana bir nomzod Rayan Sherki. 21 yoshli frantsuz hujumchisi, Liga 1 o‘yinlarida yorqin natijalar ko‘rsatyapti. Uning kombinatsiya o‘yin tashkil qilish, bir necha pozitsiyada o‘ynay olish qobiliyati tahsinga loyiq. Sherki 33 o‘yinda 8 gol va 18 golli uzatmalarni amalga oshirgani, uni transfer bozoridagi eng ko‘p kuzatilayogan futbolchilardan biriga aylantirdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!