"Bavariya" Kazemiro transferidan voz kechdi

"Bavariya" qishki transfer vaqtida "Manchester Yunayted" yarim himoyaichisi Kazemiro bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qildi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg yozmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, myunxenliklar 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmayapti. Avvalroq, Kazemiro "qizil iblislar"ni tark etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, havbek joriy mavsum 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!