“Bavariya”: Ketsa, kuzatib qo‘yamiz!

  • 13.08.2020 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” ijrochi direktori Karl-Xaynts Rummenigge jamoaga sakkiz yillik umrini bag‘ishlagan Xavi Martines omadini boshqa joyda sinab ko‘rish haqidagi fikri inobatga olinishini va unga yaxshi taklif bo‘lsa, klub uni albatta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

-Biz u yaxshi taklif kutayotganini va klubdan ketish niyatidaligini bilamiz. Biz unga to‘sqinlik qilmaymiz. U doimo yaxshi o‘ynagan va o‘z ishiga jiddiy yondoshgan. Xavi uchun eng yaxshi variantni tanlashga harakat qilamiz, - dedi Rummenigge.

31 yoshli ispaniyalik futbolchi “Bavariya”ga 2012 yili “Atletik” jamoasidan olib kelingan. Myunxenliklar tarkibida u 19 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi.

Xavi Martinesga kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynaydigan “Renn” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!