
Bavariya" Keyn uchun taklif tayyorlamoqda, ammo "B" rejasi ham bor
"Bavariya" Keynni ololmasa, A Seriyadan futbolchi oladi.
"Bavariya" ushbu yozda hujumchi sotib olishni reja qilmoqda. "Tottenxem" futbolchisi Harri Keyn myunxenliklar uchun ustuvor nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Nemis grandi London klubiga 90 million evrolik taklif tayyorlamoqda.
Agar "Bavariya" Keynni qo‘lga kirita olmasa, "Yuventus"dan Dushan Vlahovichni olib kelishga harakat qiladi. Bu haqda "Goal" nashri xabar berdi .
Dushan Vlahovichga Evropaning bir qancha top-klublari qiziqish bildirmoqda. Nufuzli "Transfermarkt"portali 23 yoshli serbiyalik futbolchini 80 million evroga baholamoqda.
Fikrlar