
"Bavariya" Komanni qanchaga sotishini ma’lum qildi
"Bavariya" yozgi transferlar davrida frantsiyalik hujumchi Kingsli Komanni sotishga tayyor, deya xabar bermoqda Bayern & Germany.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi 25 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini 80-90 million evroga baholamoqda. Aytish lozimki, Koman “Bavariya”dan yiliga 12 million evro maosh talab qilmoqda, ammo klub uning talablarini qondirmoqchi emas.
Koman o‘tgan mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda jami 39 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 8 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Kingslining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar