
"Bavariya" Komanni sotishga qaror qildi va unga narx ham belgiladi
Hujumchi Kingsli Koman yozda "Bavariya"ni tark etishi mumkin.
Myunxen klubi frantsiyalik futbolchi uchun 70 million evrolik taklif tushsa, uni sotishga tayyor. Vinger Premer-liga va La Liga jamoalari takliflarini ko‘rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda.
Joriy mavsumda Koman "Bavariya" safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta assist muallifiga aylandi.
Fikrlar