"Bavariya" ko‘zlayotgan futbolchi "Real" va "Barsa" nishonida!

  • 10 oktabr, 2024, 09:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning ikki grandi - "Real" va "Barselona" "Bayer" himoyachisi Jonatan Taga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Kristian Falk X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi"  shartnomasi joriy mavsum oxirida nihoyasiga etadigan germaniyalik himoyachining vakillari bilan muzokara olib borgan. Kataloniya klubi esa vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va vaziyat kelganda nemis himoyachisiga taklif bilan chiqmoqchi. Ta qishki transfer oynasida kelajagi haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchiga "Bavariya" ham qiziqish bildirayotgan edi. Ammo endi myunxenliklar Ta uchun kurashda favorit emas.

Jonatan Ta 2015 yilning yozida "Gamburg"dan “Bayer”ga ko‘chib o‘tgandiU joriy mavsum leverkuzenliklar safida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!