"Bavariya" Levandovski bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Bunga 2 ta sabab bor

  • 11 mart, 2022, 10:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi rahbariyati jamoaning polshalik hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirish maqsadga muvofiqligiga shubha qilmoqda.

Tecno

Sky Sport nashrining xabariga ko‘ra, nemis klubi hujumchiga yiliga 25 million evro bo‘lgan hozirgi maoshini to‘lashga tayyor emas. "Bavariya" koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab pulni tejash rejimiga o‘tmoqchi. Bundan tashqari, «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubidan norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Levandovski joriy mavsum “Bavariya” safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!