
"Bavariya" Levandovskini "Barselona"ga qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi
Myunxenning “Bavariya” klubi polshalik hujumchi Robert Levandovskining transferidan 70-80 million evro ishlab olmoqchi, deya xabar bermoqda italiyalik jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga asosiy da’vogar “Barselona” bo‘lib turibdi, biroq Kataloniya klubi uning uchun 30 million evrodan ko‘proq to‘lashga tayyor emas. Avvalroq esa Levandovski kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi.
33 yoshli to‘purar joriy mavsum “Bavariya” safida barcha turnirlarda jami 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 46 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar