"Bavariya" murabbiyi: O‘zimiz istaganimizda, bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi

  • 9 dekabr, 2021, 15:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Barselona" uchrashuvida mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Bugun katta ustunlik namoyish etdik. Biz g‘alaba qozonishi shart bo‘lgan nomdor jamoani mag‘lubiyatga uchratdik. Agar o‘zimiz istaganimizda, bundan ham ko‘proq gol urishimiz mumkin edi".

Ma’lumot uchun, tomonlarning birinchi davrada, "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvida ham Nagelsmann shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Mazkur g‘alaba natijasida Myunxen klubi o‘z tarixida ikkinchi bor EChL guruh bosqichini 100% lik natija bilan yakunladi.

Xavi "Barsa"ning Chempionlar ligasini tark etganiga izoh berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!