“Bavariya” oʻz futbolchisidan voz kechdi
Bundesliga chempioni “Bavariya” klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Rafael Gerreyruning shartnomasini uzaytirmasligini va 2026 yilning yozida oʻyinchi klubni tark etishini maʼlum qildi.
Myunxen klubi sport direktori Maks Eberl bu qaror haqida fikr bildirdi.
- Biz Rafaga jamoada oʻtkazgan vaqti uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz: maydonda har doim unga ishonish mumkin edi va u har qanday jamoa muhitini boyitadigan insonlardan biri.
U bilan muzokaralarimiz konstruktiv, ishonch va oʻzaro tushunish asosida oʻtdi.
Hozir esa biz u bilan birga mavsumning qolgan qismidagi maqsadlarimizga eʼtibor qaratmoqdamiz, hali birga qiladigan ishlarimiz koʻp, - deyiladi “Bavariya” rasmiy saytida keltirilgan Eberl bayonotida.
Gerreyru “Bavariya” safida jami 89 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma bergan.
Fikrlar