
“Bavariya” o‘z tarkibiga yaponiyalik yarim himoyachini qo‘shib olmoqchi
“Bavariya” “Ayntraxt” futbolchisi Daiti Kamadani o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar berdi Yaponiyaning “Sponichianex” nashri.
26 yoshli hujumkor yarim himoyachining klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘ngida o‘z nihoyasiga etadi. Myunxenliklar uni yozda tekinga qo‘lga kiritishi mumkin.
“Bavariya” ushbu futbolchidan tashqari “Leyptsig”dan Laymerni ham erkin agent sifatida olib kelishni rejalashtiryapti.
Ma’lumot uchun, Kamada ushbu mavsum "Ayntraxt" libosida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar