“Bavariya” “Real”ni taxtdan tushirdi
UEFA reytingi e’lon qilindi. Unda shu paytgacha peshqadamlik qilib kelgan “Real” o‘z o‘rnini Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi “Bavariya”ga bo‘shatib berdi. Qit’aning eng nufuzli turnirida g‘olib chiqqan Bundesliga chempioni ochkolari sonini 136 taga etkazib, madridliklardan ikki ballga o‘zib ketgan.
Muammolar girdobida qolgan “Barselona” kuchli uchlikni yakunlab berdi.
UEFA reytingi bilan tanishing:
- «Bavariya».
- «Real».
- «Barselona».
- «Atletiko».
- «Yuventus».
- «Manchester Siti».
- PSJ.
- «Sevilya».
- «Manchester Yunayted».
- «Liverpul».

Fikrlar