
"Bavariya" Riberi va Robbenga "Ayaks"dan o‘rinbosar topdi
"Ayaks" klubi hujumkor yarim himoyachisi Xakim Ziesh "Bavariya"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Algemeen Dagblad nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda Germaniya chempioni 26 yoshli marokashlik futbolchini mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketgan Frank Riberi hamda Aren Robben kabi etakchi futbolchilariga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Ma’lumot uchun, Ziesh o‘tgan mavsum Gollandiya chempionatida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 21ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar