"Bavariya" Salah transferiga qiziqmayapti
"Liverpul" yulduzi Muhammad Salah joriy mavsum oxirida jamoani tark etadi. Matbuotda afrikalik futbolchi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Jurnalist Kristian Falk bu ma'lumotga izoh berdi.
"Salahning transferi Myunxen klubida muhokama qilinmayapti. Bularning barchasi yolgʻon", - deya insayderning soʻzlaridan iqtibos keltirdi "Teamtalk".
Eslatib oʻtamiz, Salah 2017 yil yozidan beri "Liverpul"da oʻynab kelmoqda. Uning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Bu mavsumda Muhammad Premer-Ligada 22 ta oʻyinda maydonga tushib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar