"Bavariya" Saneni nega sotib oldi?

  • 03.07.2020 16:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane nega sotib olinganini aytdi.

“Saneni “Bavariya”da ko‘rib turganimizdan judayam xursandmiz. U so‘nggi yillarda, ayniqsa terma jamoa safida yorqin o‘yinlar ko‘rsatib kelmoqda. U ajoyib xarakterga ega. Biz “Bavariya”ga eng yaxshi nemis futbolchilarini to‘plamoqchimiz, Sane bunga mos tushadi”, - deydi Rummenigge.

Sane 2016 yildan buyon “Manchester Siti”da to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 135 ta o‘yinda maydonga tushdi va 39 ta gol hamda 45 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!