“Bavariya” Turkiyadagi to‘purarlarga e’tibor qaratdi

  • 23.02.2026 05:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Keyingi yillarda Turkiya Superligasi jamoalari Yevropa futbolida nom chiqargan bir necha yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Endi qit’aning qudratli klublari turk klublaridagi o‘yinchilarga e’tibor qarata boshladi.

Bundesliga chempioni “Bavariya” yozgi transferlar davrida hujum chizig‘ini “Galatasaroy” forvardi Viktor Osimxen bilan kuchaytirmoqchi.

Taniqli insayder Ekrem Konur o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilishicha,  nigeriyalik forvardni asosiy nishonlarda biri sifatida belgilagan va ayni paytda bu transferni amalga oshirish sxemasini ishlab chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, Viktor Osimxenga Yevropaning boshqa qudratli klublari ham da’vogarlik qilmoqda va yozgi transferlar davri yaqinlashgani sari hujumchi uchun kurash yanada avjiga chiqadi.

Joriy mavsumda forvard barcha musobaqalarda klub uchun 23 ta o‘yinda 15 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt 27 yoshli o‘yinchining qiymatini  75 million yevroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!