“Bavariya” Tuxelning shogirdini kutyapti

  • 13 fevral, 2021, 16:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” yozgi transferlar vaqtida tarkibni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan. Ayni paytda klub rahbariyati “Chelsi” yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoiga xaridor bo‘lmoqda.

Myunxenliklar “Chelsi”ga germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel kelganidan keyin Kallumning o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatishga kirishdi.

20 yoshli Xadson-Odoi joriy mavsumda premer-ligada 14 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urdi va shuncha golli pas uzatdi.

Kuman “Barsa”ga o‘z yurtida porlay boshlagan yulduzni chaqirmoqda

Niderlandiya chempionatida “AZ” jamoasi tarkibida porlay boshlagan Mayron Boadu “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman qo‘l ostiga o‘tishi mumkin.

20 yoshli futbolchining agenti Mino Rayoli mijosini Kataloniyaga ko‘chirib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Boaduning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi va uning transferi 15 million evroga baholanmoqda. Yosh hujumchi joriy chempionatda 19 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini olti marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!