«Bavariya» va «Liverpul» «Barselona» himoyachisi uchun kurashadi
«Barselona» himoyachisi Jerar Martin uchun «Inter», «Liverpul», «Bavariya», «Chelsi» va «Tottenxem» kurashmoqda, narxi 40 mln yevro.
«Barselona» tarkibida to‘p surib kelayotgan himoyachi Jerar Martin yaqin vaqt ichida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida fussball-news nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchiga bir vaqtning o‘zida beshta top-klub da’vogarlik qilmoqda. Jerar Martin bilan «Inter», «Liverpul», «Bavariya», «Chelsi» va «Tottenxem» jamoalari qiziqish bildirgan. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.
Ma’lumki, «Bavariya» Bundesliganing dastlabki olti turida 14 ochko jamg‘ardi va hozircha turnir jadvalidagi peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti. Myunxen klubi himoyani yanada mustahkamlash orqali mavsumni yuqori saviyada o‘tkazishni maqsad qilgan.
Izohlar (0)