
"Bavariya" Xaynkes kelganidan so‘ng ketma-ket 9-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Myunxenning “Bavariya” klubi jamoa boshqaruviga Yupp Xaynkes tayinlanganidan buyon g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.
Xabaringiz bor kecha nemis grandi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida Belgiyada “Anderlext” mehmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, 72 yoshli mutaxassis boshqaruvidagi “Bavariya” mana 9ta o‘yindan buyon faqat g‘alaba qozonmoqda. Ularning 5tasi Bundesligada bo‘lsa, 3tasi EChLda va qolgan 1tasi Germaniya kubogida qo‘lga kiritilgan. Ushbu o‘yinlarda myunxenliklar raqib darvozasiga jami 22ta gol kiritishgan bo‘lishsa, o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 4ta gol o‘tkazib yuborishgan.
Fikrlar