"Bavariya" Xolandni sotib oladimi?

  • 12.05.2021 15:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" klubi direktorlar kengashi raisi Oliver Kan "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

“Xolandning transferi 100 million evrodan ham qimmatligini tushunamiz. Bu klubimiz uchun aqlga sig‘maydigan narsa. Bizda Levandovski bor, u nihoyatda samarali. Robert 39 ta gol urdi va u yana bir necha yil yuqori saviyada o‘ynay oladi. Shuning uchun Xolandning transferi haqida o‘ylamaymiz”, - dedi Kan.

20 yoshli norvegiyalik futbolchi joriy mavsum “Borussiya” safida 38 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 37 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Xolandning Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!